O‘zbekiston Jidda shahrida (Saudiya Arabistoni) ochilgan ikkinchi Islom san’ati biyennalesida ishtirok etmoqda. Mamlakat noyob muzey ashyolari, jumladan, VIII asrga oid Kattalangar Qur’oni, XVI asrga oid “Zij-i Ulug‘bek"ning astronomik jadvallari va boshqa artefaktlarni namoyish qilmoqda.
O‘zbekistonning Expo Osaka 2025 butunjahon ko‘rgazmasidagi paviloni har yili o‘tkaziladigan Germaniya dizayn mukofotining “A’lo me’morchilik — yarmarkalar va ko‘rgazmalar” nominatsiyasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Loyiha mashhur ATELIER BRÜCKNER (Germaniya) studiyasi tomonidan ishlab chiqilgan.
Toshkent mozaikalarini reklama bannerlaridan ozod qilish bo‘yicha loyiha ikki xalqaro reklama festivalida — Gruziyadagi AdBlackSea va Qozog‘istondagi Red Jolbors festivallarida g‘olib chiqdi.
Britaniya muzeyida dunyoning 29 ta kolleksiyasidan 300 dan ortiq eksponatlar, jumladan, O‘zbekistondan 14 ta buyum namoyish etiladigan Silk Roads ko‘rgazmasi ochildi. Ekspozitsiya Ipak yo‘li bo‘ylab milodiy 500−1000-yillardagi madaniy aloqalar yoritilgan. Ko‘rgazma 2025-yil 23-fevralgacha davom etadi.
Tashkent City Mall’da “Jadidlar. Turkistonga maktublar” nomli multimediaviy ko‘rgazma ochildi. Fotosuratlar, xatlar, videolar, hujjatlar, ovozli ma’lumotlardan iborat ekspozitsiya 1922-yili Germaniyaga o‘qishga yuborilgan 73 nafar turkistonlik talaba haqida hikoya qiladi.
24-avgust kuni Buxoroda Bukhara Night Race xalqaro tungi poygasi bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yili unda dunyoning 20 davlatidan 1600 dan ortiq sportchi qatnashgandi. Bu yil ikki barobar ko‘proq ishtirokchi kutilmoqda.
Londondagi Britaniya muzeyida 26-sentabrdan “Ipak yo‘llari” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlaydi. Unda O‘zbekistonning muzey kolleksiyalariga mansub 14 ta eksponat, jumladan, shatranj donalarining ko‘hna to‘plamlaridan biri va 6 metrlik “Elchilar xonasi” devoriy surati namoyish etiladi.
Toshkent shahridagi Tamaraxonim uy-muzeyida taniqli raqqosaning sahna liboslarini restavratsiya va konservatsiya qilish ishlari olib borildi. Ishlar muzeyni kapital ta’mirlash va qayta tiklash dasturi doirasida amalga oshirildi. Foto.
O‘zbekiston Toshkent dunyodagi eng ko‘p mozaik pannolarga ega shahar sifatida tan olinishi uchun Ginnesning rekordlar kitobi komissiyasiga ariza topshirmoqchi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda poytaxt hokimligi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida 440 dan ortiq mozaika bo‘lishi mumkin.
29 va 30-iyun kunlari Bo‘stonliq tumanida Sky Camp Bo‘stonliq tog‘ festivali bo‘lib o‘tadi. Bu velopoyga, treyl yugurish, skayranning, yoga va meditatsiyani o‘z ichiga oladi. O‘zbekistonda birinchi marta treyl yugurish trassasiga yuguruvchilarga shaxsiy hisob uchun ochkolar olish imkonini beruvchi guvohnoma berildi.
Toshkent shahrida barcha mozaikali turar joy binolari reklama bannerlaridan tozalanadi, deb xabar qildi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda poytaxt hokimligi. Dastur boshlangan 2021-yildan buyon jami 70 ta (shundan 40 tasi ikki oy ichida) panno reklamalardan xalos etildi.
Buxoro shahridagi Hovli Poyon majmuasida Jadidlar merosi davlat muzeyi ochiladi. U Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tizimiga kiritiladi.
Rimda mashhur moda fotografi Mario Testinoning ko‘rgazmasi ochildi. Undan O‘zbekistonda olingan, jumladan, qoraqalpoq, surxondaryolik va buxorolik kelinlar hamda kurashchining suratlari o‘rin olgan.
Fransiya Milliy meros instituti va O‘zbekiston Madaniy meros agentligining qo‘shma dasturi doirasida rassom O‘rol Tansiqboyevning 18 ta asari restavratsiya qilindi.
1−2-iyun kunlari Zomin milliy tabiat bog‘ida Zaamin Ultra 2024 xalqaro ultramarafoni bo‘lib o‘tadi. Yugurish masofalari 2, 10, 21 va 50 kilometrni tashkil qiladi.
O‘zbekiston tomonidan ko‘rsatilgan “Turkiston albomi (1871−1872)” va “Xudoybergan Devonovning Xorazm vohasi fotosuratlari (1879−1937)” YUNESKOning “Jahon xotirasi” ro‘yxatiga kiritildi.
Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga modernizm davriga oid yangi 10 ta bino kiritilishi, 10 tasining maqomi o‘zgartirilishi kutilmoqda. Ular orasida “O‘zbekiston” mehmonxonasi, “Kosmonavtlar” metro bekati va Aviasozlar saroyi bor.
Venetsiyadagi Ka Foskari universitetida “Shakl va ramz” ko‘rgazmasi ochildi. “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” loyihasining ikkinchi bo‘limi hisoblangan namoyishda Turkiston avangardining evolyutsiyasi haqida so‘z boradi.
Toshkent shahri Beruniy-1 massivida mozaika chizilgan binodan reklama bannerlari olib tashlandi. Bu mozaik pannolar madaniy meros obyektlari qatoriga qo‘shilganidan buyon yuz bergan bu kabi kamida ikkinchi holat. Foto.
Florensiyadagi Pitti saroyida “Nur va rang” ko‘rgazmasi ochildi. U “O‘zbekiston: sahrodagi avangard” loyihasining bir qismi bo‘lib, Yevropa jamoatchiligini ilk bor Toshkent va Nukus san’at muzeylari kolleksiyalaridagi rus va “sharq” avangard asarlari bilan tanishtirmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting